
Shahrisabz tumanida "Kashtalar jilosi" tanlovi oʻtkazildi.
Shahrisabz tumani "Chorshanbe" MFY hududidagi 1-politexnikum binosida joylashgan IT va tadbirkorlikni rivojlantirish markazida "Kashtalar jilosi" tanlovi oʻtkazildi.
Tanlovda "Chorshanbe", "Mevazor" hamda "Qutchi" mahallasi hunarmand kashtachilari faol ishtirok etishdi.
Ma'lumot uchun, IT va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda UNDP va GIZ xalqaro moliya institutlari ko'magida tashkil etilgan.
Markazda yoshlar IT, chet tillari yo'nalishlarida hamda mahalliy hunarmand Zaynura Hoshimova tomonidan ayol-qizlar milliy kashtachilik, do'ppido'zlik, gilamchilik va tikuvchilik bo'yicha o'qitilib, ularning bandligi ta'minlanishiga ko'maklashib borilmoqda.