- Bosh sahifa
- Sport turizmi
Sport turizmi — bu sport bilan shug‘ullanish yoki sport musobaqalarini tomosha qilish maqsadida amalga oshiriladigan sayohatlardir. Qashqadaryo viloyatida, ayniqsa tog‘li hududlarda, tog‘ yurishlari (trekking), velosport, yengil atletika va tog‘ toqqa chiqish kabi sport turlariga katta imkoniyatlar mavjud.
Shahrisabz va Kitob tumanlarida sport anjomlari bilan jihozlangan zamonaviy sport majmualari, stadionlar va mashg‘ulot maydonlari mavjud. Shuningdek, viloyatda xalqaro va mahalliy miqyosdagi sport musobaqalari o‘tkazilib turiladi. Bu esa nafaqat sportchilar, balki sport ixlosmandlari uchun ham qiziqarli imkoniyatdir. Sport turizmi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi va yoshlarni faol hayotga chorlaydi.
Mehmonxona xizmatlarini raqamli texnologiyalar orqali takomillashtirish
31-yanvar kuni Miraki shaharchasida mehmonxona va xostel xodimlari uchun "Mehmonxona xizmatlarini raqamli texnologiyalar orqali takomillashtirish"ga b...