Hunarmandchilik turizmi

Hunarmandchilik turizmi — bu milliy an’anaviy hunar turlarini o‘rganish, ularni tayyorlash jarayonida ishtirok etish va tayyor mahsulotlarni ko‘zdan kechirish imkonini beruvchi turizm shaklidir. Qashqadaryo viloyati hunarmandchilik an’analari bilan mashhur bo‘lib, ayniqsa Shahrisabz shahri va Kitob tumani bu borada yetakchi hududlardandir.

Gilam to‘qish, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, misgarlik, kulolchilik va zargarlik kabi qadimiy hunarlar bugungi kunda ham mahalliy ustalar tomonidan davom ettirilmoqda. Sayyohlar bu jarayonlarga bevosita guvoh bo‘lib, ba’zilarida ishtirok etishi ham mumkin. Mahalliy bozorlarda hunarmandlar mahsulotlarini ko‘rish va xarid qilish, ustaxonalarda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish orqali mehmonlar o‘zlariga unutilmas taassurotlar orttiradilar. Hunarmandchilik turizmi, ayniqsa, milliy madaniyatni sevuvchilar uchun muhim bo‘lib, yosh avlodga boy merosimizni yetkazishda ham muhim vositadir.

 

Miraki – sayyohlar orzusiga aylanmoqda

2023-yilda Prezident qaroriga binoan Miraki mahallasida “Shahrisabz” turistik markazi tashkil etildi.

Batafsil o'qing

Tizimga kirish