- Bosh sahifa
- Markaz haqida
“Shahrisabz” turistik markazi haqida
Hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishda aholi ishtirokini kengaytirish, drayver yo‘nalishlarni amalga oshirish, bo‘sh yer maydonlarida yuqori samarali faoliyat turlarini joriy etish hamda yerlarni maqsadli sotish bo‘yicha master-reja mexanizmi joriy etilmoqda.
Master-reja — bu:
- hududni maqsadli rivojlantirishga qaratilgan strategik hujjat;
- yerlarni aniq va rejali ravishda sotish asosidagi yondashuv;
- mavjud resurslar va infratuzilmalardan muvofiqlashtirilgan holda foydalanish vositasi.
“Shahrisabz” turistik markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-376-sonli qarori asosida tashkil etilgan.
Markaz Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan xorijiy ekspertlar va yetakchi kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqilgan master-reja asosida shakllantirilgan. U quyidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari hududini qamrab oladi:
- “Miraki”,
- “Amir Temur”,
- “Uloch”,
- “Polmon”.
Umumiy maydoni 240 gektar bo‘lgan bu hududda quyidagi zamonaviy xizmat va turizm infratuzilmalari qurilishi rejalashtirilgan:
- mehmonxonalar,
- mehmon uylari,
- sog‘lomlashtirish maskanlari,
- savdo va ko‘ngilochar obyektlar.
Shahrisabz tumanining strategik master-rejasi Germaniyaning xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) ko‘magida, “yashil” tamoyillar asosida va aholining ishtirokida ishlab chiqilgan. Rejada quyidagi 4 ta drayver soha ajratilgan:
1. Turizm
2. IT (axborot texnologiyalari)
3. Bilimga asoslangan xizmatlar
4. Aqlli qishloq xo‘jaligi
Bu sohalar hududning ixtisoslashuviga ko‘ra klaster shaklida, o‘zaro bog‘liq holda rivojlantiriladi.
Germaniyaning ECM Group kompaniyasi tomonidan Miraki hududi uchun alohida batafsil master-reja ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra:
- “Miraki”, “Amir Temur” va “Uloch” MFYlaridagi 240 gektar yer maydoni 33 ta zonaga bo‘lingan.
Ushbu zonalarda quyidagi obyektlar uchun yer ajratilgan:
- mehmonxonalar;
- savdo va ovqatlanish obyektlari;
- ko‘ngilochar maskanlar;
- ijtimoiy infratuzilmalar;
- turar joylar;
- hunarmandchilik markazlari;
- issiqxonalar va sovitkichli omborlar;
- maishiy xizmat ko‘rsatish binolari va boshqalar.
Miraki xalqaro turizm markazi mehmonlarni chorlaydi
Miraki xalqaro turizm markazi mehmonlarni chorlaydi