Departament haqida

Turizm departamenti haqida umumiy ma’lumot

“Shahrisabz” turistik markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-376-sonli qarori — “Qashqadaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” — asosida tashkil etilgan.

Ushbu qarorga muvofiq, “Shahrisabz” va “Maydanak baland tog‘” turistik markazlarini rivojlantirish va boshqarish maqsadida, Qashqadaryo viloyatida Turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamenti davlat muassasasi shaklida tashkil etilgan.

Departament quyidagi maqsadlarda faoliyat yuritadi:

  • turistik markazlarning meʼmoriy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish;

  • ularning xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish;

  • asosiy turizm yoʻnalishlarida zamonaviy obyektlar qurish;

  • xizmatlar roʻyxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash.

Departament quyidagi faoliyatlar bilan shug‘ullanadi:

  • mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish hamda investitsiya loyihalarini shakllantirish;

  • loyihalarni texnik nazorat qilish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish;

  • birlamchi ruxsat beruvchi loyiha va tanlov hujjatlariga ekspertiza olish;

  • davlat ko‘chmas mulki va yer uchastkalarini auksionga tayyorlash va sotish.

«Iqtisodiy rivojlanish va raqobatbardoshlikni oshirishda kichik va oʻrta biznes imkoniyatlarini kengaytirish» mavzusidagi xalqaro konferensiya

2025-yil 27-28-may kunlari Shahrisabz tumani Miraki shaharchasida «Iqtisodiy rivojlanish va raqobatbardoshlikni oshirishda kichik va oʻrta biznes im...

Batafsil o'qing

Tizimga kirish