Miraki – Oʻzbekistonning yana bir yashiringan goʻzalligi!

Image

Miraki – Oʻzbekistonning yana bir yashiringan goʻzalligi!

Shavkat Mirziyoyev: Shahrisabzning ustun tarafi - yil davomida sayohatga kelish mumkin. Buning uchun yoʻl, kommunikatsiya, mehmonxonalar qurayapmiz. Endi xizmat turlarini koʻpaytirishni oʻylash kerak. Masalan, Mirakiga kelgan mehmon vaqtini qanday oʻtkazadi, nimalar xarid qiladi? Shu talablardan kelib chiqib, xizmatlar taklif qilish, bu yerning tabiati va sharoitini chet ellarda keng targʻib etish kerak.

 

“Miraki spa and resort” dam olish hududi turizm markazining zamonaviy qismi. Bu yerda ikkita mehmonxona, savdo va koʻngilochar majmua barpo qilingan. Shuningdek, bir vaqtning oʻzida 600 nafar sayyohni qabul qiluvchi mehmonxonalar, 300 oʻrinli oilaviy xostel ochilgan. Bu yiliga 300 mingdan ortiq mehmonga xizmat koʻrsatilishini anglatadi.

 

Yangi sayyohlik markaziga investorlarni jalb etish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tortilgan. Mirakiga eltuvchi va mahalla ichidagi yoʻllar mukammal taʼmirlangan. Elektr taʼminoti yaxshilangan. Sayyohlarni qiziqtirish uchun Hisorak suv omboriga tutash hududda ikki kilometrdan ortiq dor yoʻli va dengiz sathidan 2 ming 700 metr balandlikda restoran ham barpo etilgan.

 

U. Normuratov

Tizimga kirish