
2023-yilda Prezident qaroriga binoan Miraki mahallasida “Shahrisabz” turistik markazi tashkil etildi.
Qashqadaryoning yana bir soʻlim maskani – Shahrisabz tumanidagi Miraki mahallasi ham oʻzgarishlar ogʻushida. 2023-yilda Prezident qaroriga binoan “Shahrisabz” turistik markazi aynan shu hududda tashkil etildi.
Oradan koʻp vaqt oʻtmay, osma koʻpriklar, selfi maydonchalari, ziplaynlar, suvda sayohat, mehmonxonalar, ovqatlanish joylari barpo etildi. Miraki nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlar uchun ham sevimli manzilga aylanmoqda.
Master-rejaga asosan 10 kilometr uzunlikdagi velo-yoʻlak, 9,750 metrlik piyoda yoʻlaklari, tungi yoritish chiroqlari va koʻpriklar qurildi. Bu nafaqat turizm, balki mahalliy aholining ham turmush sifatini yaxshilamoqda. Shu bilan birga, 240 gektar yerda turistik loyihalar uchun tadbirkorlarga sharoit yaratilib, 12 ta loyiha amaliyotga tatbiq etildi. Bu yerda mahalliy tadbirkorlar ham faol qatnashmoqda.